Category Archives: Yangiliklar

Qo‘g‘irchoq teatrining eshigi oddiy eshik emas – vaqt eshigi

🎉🎉Qo‘g‘irchoq teatrining eshigi oddiy eshik emas – uni vaqt eshigi desa ham bo‘ladi. Chunki undan kirgan har bir inson o‘z bolaligiga qaytadi. Ular ham bir zumda yillarni ortda qoldirib, yana beg’ubor kichkina bolalarga aylandi. Chunki haqiqiy sehr – insonni bolaligiga qaytara olish. (https://t.me/KKkukla_teatr/11238)   – videolavha

Teatr ijodiy jamoasi Nukus shahridagi bolalar bog‘chalarida

Teatr ijodiy jamoasi Nukus shahridagi «Happy kids» bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari e’tiboriga Sh.Pero muallifligidagi «Qizil qalpoqcha» spektaklini, «Raduga» xususiy bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari e’tiboriga G.Nurillaeva muallifligidagi «Ayyoroyning pushaymoni» spektaklini taqdim etdi.

Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatrida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlandi

Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatrida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlandi. Bayram tadbirini teatr direktori U.Mambetaliev ochib berib, teatr jamoasini ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladi va Navoiy merosining ahamiyati haqida so‘zlab o’tti. Tadbir davomida teatr ijodiy jamoasi tomonidan shoir g‘azallaridan namunalar badiiy tarzda ijro etildi. Shuningdek, Alisher Navoiy asari asosida yaratilgan «Chin elini… Read More »

«Yangi yil ertagi» bayram tomoshasi oldidan teatr ijodiy jamoasi tomonidan tomoshabinlarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining ahamiyati haqida targ‘ibot ishlari olib borilmoqta

Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatrida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan «Yangi yil ertagi» bayram tomoshasi oldidan teatr ijodiy jamoasi tomonidan tomoshabinlarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining ahamiyati haqida targ‘ibot ishlari olib borilmoqta.