Teatr jamoamiz Nukus shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasalarida

By | Seshanba Iyun 9th, 2026

Teatr jamoamiz Nukus shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasalarida

️ Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Nukus shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchilar e’tiboriga N.Genjebekova muallifligi va sahnalashtiruvidagi «Tozalik- sog’lik garovi» spektaklini taqdim etdi.

➤ Spektakl davomida bolalarga shaxsiy gigiyena, tozalikka rioya qilish va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida qiziqarli sahna ko‘rinishlari orqali tushuntirildi.

✨ Kichik tomoshabinlar spektaklni katta qiziqish bilan tomosha qilib, sevimli qahramonlari bilan birga foydali saboqlar oldi.

️ Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi yosh avlodni ma’naviy va estetik tarbiyalashga qaratilgan bunday tadbirlarni muntazam davom ettirib kelmoqda.

http://kukla-teatr.uz