1990 yil Qoraqalpoq teatr tarixida katta yangilanish vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligining 1990 yili 5 apreldagi 115-sonli buyrug’iga va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 27 fevralidagi 50/2 sonli qaroriga asosan Qoraqalpoq davlat Qo‘g’irchoq teatri tashkil topdi va teatr faoliyatini kar va soqovlar jamiyatiga tegishli imoratda o‘z ijodiy ishlarini boshladi. Yangi ochilgan teatrga Kengesbay Berdibaevni rahbar etib tayinladi. 1990-yili K.Karimovning «Oriq mergan» spektakli R.Toreniyazovning rejissyorligida teatr o‘zining birinchi pardasini ochdi. Ana shu yillardan buyon teatr ijodiy jamoasi tomonidan teatr sahnasida 100 dan ortiq spektakl va qo‘g’irchoq shou dasturlari tayyorlab, respublikamizning eng kichkina tomoshabinlari bo‘lgan bolajonlarimizga madaniy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. O‘sha yili bolalar uchun qiziqarli Q.Matmuratovning “Oq tekesh bilan ko‘k tekesh” qo‘g’irchoq spektakli sahnalashtirilib va bu spektakl qo‘g’irchoq tomoshabinlari uchun yangilik bo‘ldi.O‘sha vaqtlarda qo‘g’irchoq teatri sohasida tajribali rejissyorlarning yo‘qligi sababli tajriba almashish maqsadida Qozog’iston Respublikasidan mashxur qo‘g’irchoq teatri rejissyori Bekpolat Parmanov taklif etilib, u D.Xusaynovning “Kerak bo‘lganing kerak” pesasini sahnalashtirdi. Spektaklning g’oyasi, qo‘g’irchoqlari va musiqalari yaxshi ansambl bo‘lib yaratildi. Teatrda B.Parmanovning ikkinchi saxnalashtirgan spektakli bu V.Orlovning “Oltin jo‘ja” spektakli bo‘lib, klassik asarlardan bo‘lgan bu spektakl tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘ldi.