Teatr ijodiy jamoasi Nukus shahridagi 37-sonli maktabda
#Qizil_qalpoqcha_spektakli 15-16-dekabr kunlari teatr ijodiy jamoasi Nukus shahridagi 37-sonli maktab o‘quvchilari e’tiboriga Sh.Pero muallifligidagi «Qizil qalpoqcha» spektaklini taqdim etdi.
#Qizil_qalpoqcha_spektakli 15-16-dekabr kunlari teatr ijodiy jamoasi Nukus shahridagi 37-sonli maktab o‘quvchilari e’tiboriga Sh.Pero muallifligidagi «Qizil qalpoqcha» spektaklini taqdim etdi.
20-noyabr kuni Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri sahnasida Pedagogik mahorat markazidan tashrif buyurgan tomoshabinlar e’tiboriga «Sehrli olma» spektakli taqdim etildi
Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Oltin kuz» iqtidorli ijodkor yoshlar forumida «Sohibjamol va Maxluq» spektakli bilan ishtirok etmoqda.
🎭🎭17-oktyabr kuni Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy guruhi Nukus shahri 48-sonli bolalar bog‘chasidagi jajji muxlislarimiz e’tiboriga N.Genjebekova muallifligi va sahnalashtiruvidagi «Tozalik sog’lik garovi» spektaklini taqdim etdi.
6-oktyabr kuni Qoraqalpoq davlat Qo’g’irchoq teatrida O’zbek Milliy Qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi mehmonda bo’ldi.
Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi Aktobe shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Assalomu alaykum» VII xalqaro Qo‘g‘irchoq teatrlar festivalida ishtirok etmoqda.
Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasining Aqtobe shahrida o‘tkazilgan “Assalawmu aleykum VII xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivali”da yurtimiz nomidan munosib tarzda ishtirok etdi. Mazkur festivalda teatr jamoasi mashhur adib U. O‘sarov asari asosida rejissyor F. Mirzayev tomonidan sahnalashtirilgan “Men uchuvchi bo‘laman” spektaklini namoyish etdi. Asarda bolalarning orzu va intilishlari samimiy va ta’sirchan tarzda ifodalangan bo‘lib,… Read More »
Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatrida 35-mavsum tantanali ravishda ochildi X.Abidova qalamiga mansub B.Parmanov tomonidan sahnalashtirilgan «Sehrli uzuk» spektakli bilan 35-mavsumning ochilish marosimi kichkintoylar va kattalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu spektaklda ezgulik, do‘stlik va mehr-oqibat g‘oyalari yorqin aks ettirilib, bolalarga ezgu niyat va pok niyat bilan yashash zarurligi uqtirildi.
📣Diqqat! Diqqat! Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatriga media tur tashkil etishini ma’lum qiladi. 🗓 Sana: 20-avgust ⏰ Soat: 10:00 📍 Manzil: Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri Barcha OAV vakillarini ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz!
🎭8-avgust kuni Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatrida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida tomoshabinlar e’tiboriga Y.Lada muallifligidagi, I.Sadikov tarjimasi, F.Mirzayev sahnalashtirgan «Sehrli olma» spektakli taqdim etildi.