DIQQAT TANLOV!
Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri «Yangicha asarlar» nomli milliy-zamonaviy sahna asarlari tanlovini e’lon qiladi 🎭
Shartlari:
Asarlar qo‘g‘irchoq teatriga mo‘ljallangan o‘zbek va qoraqalpoq xalq ertaklaridan tashqari, kichkintoylar sevib tomosha qiladigan innovatsion davrga mos xorijiy qahramonlar obrazlari, afsonalar, dostonlar va buyuk adiblarimiz asarlariga asoslangan, zamonaviy qahramonlar hayotini keng aks ettiruvchi, xalqimizning milliy an’analari va qadriyatlarini asrab-avaylovchi tarbiyaviy ahamiyatga boy, ota-onalar tomonidan bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, isrofgarchilikning oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik kabi chuqur ma’noga ega asarlar bo‘lishi kerak.
Asarlar qo‘lyozma va elektron shaklda 2026 yil oktyabr oyining ikkinchi o‘n kunligiga qadar, teatr adabiy bo‘limida elektron va qo‘lyozma shaklida qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 88 653-27-67
Tanlovda barchangizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
