Yozgi ta’til vaqtida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda 30-iyun – «Yoshlar kuni» munosabati bilan «Yoshlar oyligi» doirasida bugun kuni Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi poytaxtimizdagi Amir Temur bog‘ida xalqimizga konsert dasturini taqdim etdi. Ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tgan ushbu musiqiy tadbir barchani quvontirib, san’atimizning betakror go‘zalligini yana bir bor namoyon etdi.