Qoraqalpoq davlat qo’g’irchoq teatri jamoasi ijodiy safar bilan Navoiy viloyati qo’g’irchoq teatrida. Navoiy viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi qoraqalpoqlik aktyorlarni iliqlik bilan kutib olishdi.
Shundan so’ng
Qoraqalpoq davlat qo’g’irchoq teatrining ijodiy jamoasi navoiylik kichkintoy bolajonlar uchun ajoyib va qiziqarli bo’lgan “Ayiqning hushchaqchaq bolalari” spektaklini namoyish etishdi.
Bolajonlar spektaklini katta qiziqish va maroq bilan tomosha qilishdi.