“Madaniyatlar chorrahasi – Samarqand”ga sayohat.

By | Dushanba Mart 11th, 2024

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Qoraqalpoq davlat qóǵirchoq teatrining ayol xodimalari teatr direktori U.Mambetaliev tashabbusi bilan Samarqand shahriga sayohat qildilar. Qoraqalpoǵistonlik mehmonlarni Kattaqórǵon shahar drama teatri direktori Botir Bahromovich, Samarqand viloyati qóǵirchoq teatri direktori Feruzbek Majitovich va Samarqand viloyati qóǵirchoq teatri truppa rahbari Baxtiyor Siddikovlar  tantanali ravishda kutib olishdi. Ayollar uchun bayram sovǵasi sifatida tashkil etilgan sayohat teatrda faoliyat yuritayotgan teatr xodimalariga haqiyqiy bayram sovǵasi bóldi desak arziydi. Chunki ushbu sayohat davomida ular Samarqand shahrida joylashgan dunyoga mashhur tarixiy obidalar va me’moriy yodgorliklar, jumladan Registon maydoni, Góri-Amir maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Hazrati Doniyor ziyoratgohi, Shohi Zinda maqbaralar majmui, Mirzo Uluǵbek rasadxonasi, Hazrati Xizr masjidi, Ózbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi, Siyob bozoriga tashrif buyurishib, milliy-madaniy meroslarimiz va qadimiy maqbarayu-masjidlarning tarixi bilan yaqindan tanishish baxtiga musharraf bólishdi. Ayni 8-mart kuni bayram sovǵasi sifatida Madaniyatlar chorrahasi bólmish Samarqand shahriga tashkillashtirilgan ushbu  sayohat teatr xodimalariga asrga tatigulik unutilmas lahzalarni hadya etdi.