Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatrida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlandi

By | Seshanba Fevral 10th, 2026

Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatrida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlandi. Bayram tadbirini teatr direktori U.Mambetaliev ochib berib, teatr jamoasini ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladi va Navoiy merosining ahamiyati haqida so‘zlab o’tti.

Tadbir davomida teatr ijodiy jamoasi tomonidan shoir g‘azallaridan namunalar badiiy tarzda ijro etildi. Shuningdek, Alisher Navoiy asari asosida yaratilgan «Chin elini dunyoga tanitgan go‘zal haqida so‘z» spektaklidan parcha namoyish etilib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu bayram adabiyot va san’at ixlosmandlari uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi hamda ulug‘ shoir merosiga bo‘lgan hurmat yana bir bor namoyon etildi.