Teatr – eng kichik tomoshabinlar quchog‘ida!

By | Juma Aprel 25th, 2025

Bugun teatr jamoamiz «Yulduzcha» bolalar bog‘chasida bo‘lib, kichkintoylar uchun N.Genjebekova muallifligi va sahnalashtiruvidagi «Tozalik – salomatlik garovi» nomli spektaklni taqdim etdi.

Bolalar spektaklni katta qiziqish va quvonch bilan tomosha qilishdi, qahramonlarga mehr bilan qarab, qahramonlar bilan birga quvonishdi, o‘ynashdi, o‘rganishdi. Tarbiyaviy ahamiyatga ega ushbu spektakl orqali bolalarga gigiyena, tozalik va sog‘lom turmush tarzi haqida muhim saboqlar yetkazildi.

Yuzlardagi tabassum, ko‘zlardagi uchqun – bu bizning eng katta sovg‘amiz!

«Yulduzcha» bog‘cha jamoasiga iliq qabul va samimiy muhit
uchun rahmat bildiramiz!