Ŏzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstraciyasining 2023 yil 22 apreldagi 02/-PA 2/1-1027-sonli ham da Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 apreldagi 21/1-884-sonli topshiriqlariga muvofiq Qoraqalpoq davlat qŏğirchoq teatrida ŏtkazilayotgan “Teatr oyligi” tadbirida bugun 12-may kuni Nukus shahar 43-sonli va 29-sonli maktab ŏquvchilari tashrif buyurdi va ularning e’tiboriga M.Begimov (incenirovka)ning saxnalashtiruvidagi “Chin yurtini dunyoga mashhur qilgan gŏzal haqida sŏz” spektakli taqdim etildi. Bu asar buyuk shoir Alisher Navoiy ijodiga oid gŏzal asarlardan biri hisoblanib, M.Begimov tomonidan sahnalashtiriladi va Qoraqalpoq davlat qŏğirchoq teatrining benazir sahna asariga aylantirildi. Spektakl mazmuni shundan iborat-ki, Chin mamlakatining gŏzaliga sonsiz yigitlar oshiq bŏladi. Lekin kunlarning birida ŏzga yurtning podshohi Chin gŏzaliga bir kŏrgandan oshiq bŏladi. Podsho amri bilan Chin gŏzali saroyga chaqirtiladi va u saroyda yashashga hukm qilinadi. Chin gŏzaliga nazar solgan har qanday kimsani podsho jallodga topshirishga farmon beradi. Hattoki ŏz vazirini ham ŏlimga hukm qiladi. Kunlarning birida darvesh usta yigitga Chin gŏzali haqida sŏzlab beradi va usta yigit malikani izlab yŏlga tushadi. Usta yigit ham podshoning qŏliga tushadi va podsho unga minora qurishni amr qiladi. Ikki oshiq Chin gŏzali va usta yigit bir-biriga etishish maqsadida minorani buzishadi va oppoq kabutarlarga aylanib, osmonu-falakka uchib ketadi. Usta qurgan minora esa muhabbat ramzi sifatida tillarda doston bŏladi.