Hozirgi kunda teatrda davom etayotgan “Teatr oyligi” doyrasida tomoshabinlar e’tiboriga taqdim etilayotgan spektakllarning barchasi ham tarbiyaviy, ham tarixiy mazmun kasb etuvchi eng sara teatr gavharlari hisoblanadi. Teatr ijodiy jamoasining mashaqatli mehnatlari evaziga teatr sahnasida nafaqat kichik yoshdagi bolajonlar, balki katta yosh doyrasidagi tomoshabinlar ham sevib tomosha qiladigan sahna asarlari namoyish etilmoqda. Teatrni muqaddas dargoh sanaguvchi aziz teatr ixlosmandlarining diqqatiga taqdim etilayotgan bu spektakllar namoyishi tomoshabinlarning hayotini ijobiy tarafga ŏzgartishga va benazir sahna asarini qalban his qilishga arzigulik yangilik yarata olsa-bu albatta teatr jamoasining eng ulkan yutuği hisoblanadi. Bugun 16-may kuni teatr sahnasida tomoshabinlarning e’tiboriga M.Begimov mualifligidagi Q.Qalilaev tomonidan sahnalashtirilgan tarixiy mazmunga ega bŏlgan “Qŏrqit ota” spektakli namoyish etildi. Qŏrqit ota afsonasining sahnada mukammal tarzda yaratilishi teatr jamoasining har bir a’zosining mashaqatli mehnatlarining mevasi ekanligi hech kimga sir emas. Spektaklning bebaho san’at asari sifatida e’tirof qilinishida Q.Qalilaev, chiroyli sahna dekoraciyalari va qŏğirchoqlarning yasalishida rassom Z.Yodgorov va teatr rassomlarining beqiyos ijodiy ishlari mukammallikni yaratgan. Bosh qahramon Qŏrqit ota obrazini tajribali aktyor Sh.Allambergenov, Aysanem obrazini E.Begimova, kŏr chol obrazi va chol obrazini Sh.Kalamov, Qora shox obrazi va bola obrazini N.Tŏreev, donishmand obrazini P.Kulimov, jallod obrazi Q.Qirğizbaev, lashkar obrazlarini A.Berdibaev va Q.Qirğizbaev, shayton obrazlarini U.Qazaqbaeva va D.Ubbiniyazovlar maromiga etkazib ijro etgan.