Joriy yilning 20-iuyn kuni Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi PQ 112–sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpoq davlat qóǵirchoq teatri ijodiy jamoasi Namangan viloyatida gastrol safarini davom etdirib, u erdagi Norin tumanida joylashgan 39-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga N.V.Gernet muallifligidagi E.Begimova tomonidan sahnalashtirilgan “Ǵozning polaponi” spektaklini namoyish etdi.