Qoraqalpoq davlat qŏğirchoq teatrida ŏtkazilayotgan “Teatr oyligi” tadbirida bugun 13-may kuni Nukus shahar 36-sonli va 27-sonli maktab ŏquvchilari tashrif buyurdi va ularning e’tiboriga teatrlashtirilgan tomosha dasturi va M.Begimov muallifligidagi Q.Qalilaev tomonidan sahnalashtirilgan “Qŏrqit ota” spektakli namoyish etildi. “Qŏrqit ota” spektakli tarixiy mazmunga ega spektakl bŏlib, spektakldagi asosiy qahramon Qŏrqit ota turkiy xalqlar orasida ŏziga xos katta ahamiyat kasb etadigan afsonaviy shaxs hisoblanadi. Qŏrqit ota ŏzining qŏbiz nomli musiqa asbobi bilan yurtga tanilgan bobomiz bŏlib, jirovlar uni elning, xalqning dardini qŏbiz musiqa asbobida chalib, necha asrlar ŏtsa ham otadan bolaga meros bŏlib kelayotgan xalq oğzaki ravishda aytilib kelgan dostonlarimizni avloddan-avlodga etkazib kelmoqda. Spektaklda Qŏrqit ota jiyda daraxtidan qŏbiz nomli musiqa asbobini yasab, ushbu musiqa asbobi orqali el oralab, xalq turmushida yuz bergan qiyinchiliklarni, quvonch-u qayğuli kunlarini qŏbiz orqali ijro etib, xalqning tashvishlarini ozgina bŏlsa ham engillashtirishga harakat qilgan.