#ijodiy_uchrashuv
#Tojikiston
O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Mambetaliyev Usmanatdin Kaziyatdinovich Tojikiston Respublikasida bo‘lib, Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati Boxtar shahridagi “Afsona” qo‘g‘irchoq teatri rahbari Davlatov Xayrulla Xafizovich bilan rasmiy Memorandum imzoladi.
Mazkur Memorandumga asosan ikki mamlakat qo‘g‘irchoq teatrlari o‘rtasida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, bunda rejissyorlar, aktyorlar va rassomlar tajriba almashishi, barcha ijodiy sohalardagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik amalga oshirilib, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladigan xalqaro festivallarga taklif etiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasining Tojikiston Respublikasi shaharlarida, Tojikiston Respublikasi qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasining O‘zbekiston Respublikasi shaharlarida gastrol safarlarida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.