Monthly Archives: Iyun 2025

Amir Temur bog‘idagi konsert dasturi haqida

Yozgi ta’til vaqtida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda 30-iyun – «Yoshlar kuni» munosabati bilan «Yoshlar oyligi» doirasida bugun kuni Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi poytaxtimizdagi Amir Temur bog‘ida xalqimizga konsert dasturini taqdim etdi. Ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tgan ushbu musiqiy tadbir barchani quvontirib, san’atimizning betakror go‘zalligini yana bir bor namoyon etdi.

Gastrol safar «Tozalik sog’lik garovi» spektakli

Samarqand_viloyati Gastrol_safar Tozalik_sog’lik_garovi Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy guruhi Samarqand viloyatida gastrol safarida bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan 30-sonli Madaniyat markazida jajji muxlislarimiz e’tiboriga N.Genjebekova muallifligi va sahnalashtiruvidagi «Tozalik sog’lik garovi» spektakli taqdim etildi.