Aktyorlar qólida mohirona óynatilayotgan chiroyli yasalgan bejirim qóǵirchoqlar har qanday bolaning e’tiborini óziga tortishi aniq. Tarbiyaviy mazmun kasb etuvchi va óyin-kulguga tóla voqealarni qóǵirchoqlar orqali jonli tarzda tasvirlagan spektakllar hayotga ilk qadamlarini tashlayotgan bolalarni huddi mu’jizaviy dunyoga tushib qolgandek his qildirishi muqarrar. Kichkina tomoshabinlarni mu’jizaviy dunyoga chorlaguvchi Qoraqalpoq davlat qóǵirchoq teatr jamoasi Xujayli tumanidagi №17 sonli imkoniyati cheklangan bolalar boǵchasiga tashrif buyurdi va jajji kichkintoylarga V.Pavloskis muallifligidagi Q.Qalilaev tomonidan sahnalashtirilgan “Yolǵonchi tulki” spektaklini bepul namoyish etdi.