Qoraqalpoq davlat qŏğirchoq teatrida ŏtkazilayotgan “Teatr oyligi”ning bugungi 10-may sanasida teatrga Nukus shahrida joylashgan 3,32,29-sonli maktab ŏquvchilari tashrif buyurdi va ularning e’tiboriga teatr foyesida teatrlashtirilgan tomosha dasturi va teatr sahnasida G.Nurɪllaeva muallifligidagi I.Djumaniyazova tomonidan sahnalashtirilgan “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” spektakli namoyish etildi va ijodiy jamoa yiğilgan tomoshabinlarning olqishlariga sazovar bŏlishdi. Tomoshabinlar e’tiboriga namoyish etilgan “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” spektakli kichik yoshdagi bolalarni kitobxonlikga ŏrgatish bilan birga kitobni kŏz-qorachiğiday asrab-avaylash, uni ŏziga sodiq dŏst sifatida qabul qilishga chorlaydi. Spektaklning mazmun-mohiyati shundan iborat-ki, yomonlik ustidan ğalaba qozonish uchun inson aqlli, dono bŏlish bilan birga sŏzga chechanlik, chaqqonlik va dŏstlar bilan samimiy munosabatda bŏlish kabi fazilatlarga ega bŏlishi kerak. Spektaklda qahramonlar echilishi mushkul bŏlgan tugunli jumboqlarning echimini kŏp kitob mutoalaa qilish va chuqur bilim egallash orqali toppish mumkinligi tasvirlangan.