Qoraqalpoq davlat qóǵirchoq teatri shu kungacha jajji ertaksevar tomoshabinlar uchun fidoiy mehnat qilib, teatr sahnasida hayotning pastu-balandini, yaxshiyu-yomonligini huddi sehrli kózgu kabi jonli tarzda tasvirlab, kelajagimiz poydevori bólmish farzandlarimizning bu hayotda óz yólini topib ketishida ozmuncha bólsa ham qóldosh bólishga harakat qilmoqda. Maxmudxója Behbudiy aytganidek, “Teatr-bu ibratxonadur” ya’nikim sahnada namoyish etilgan har bir spektakl bu ibratxonada ótilgan dars kabi tomoshabin uchun hayotda tóǵri yólni yoritib kórsatuvchi bir sham misoli xizmat qilishi joizdir. Mazkur jumlani shiyor qilib olgan Qoraqalpoq qóǵirchoq teatr jamoasi spektakllarni nafaqat sahnada namoyish etibgina qolmasdan, balki ijodiy xizmat safarlarini tashkil etgan holda ta’lim dargohi bólmish órta ta’lim maktablarida va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tomoshabinlar e’tiboriga taqdim etib, ularning cheksiz hurmat va ehtiromlariga erishmoqda. Xujayli tumanidagi ijodiy xizmat safari davomida teatr ijodiy guruhi tumandagi bir qator maktabgacha ta’lim muassasalarida V.Pavloskis muallifligidagi Q.Qalilaev tomonidan sahnalashtirilgan “Yolǵonchi tulki” spektaklini namoyish etib, tomoshabinlarning maqtovli olqishlariga sazovar bólishga erishdi.