Qoraqalpoq davlat qŏğirchoq teatrida ŏtkazilayotgan “Teatr oyligi” tadbirida bugun 15-may kuni Nukus shahar 34-sonli va 38-sonli maktab ŏquvchilari tashrif buyurdi va ularning e’tiboriga M.Begimov muallifligidagi A.Qudaynazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Qushlarni kutgan bolalar” spektakli namoyish etildi. Bu spektakl Orol dengizi mavzusiga bağishlangan. Ushib ketgan qushlar hali qaytib keladi… Bir vaqtlar suvsizlik oqibatida bir qancha hayvon va qushlar óz makonini tashlab ketishga majbur bólgan, tirik jonzotlar soni kamayib ketgan. Bir ona uchta óǵilni dunyoga keltirib, ularga munosib ism qōyib, tarbiyalab, kamolga keltiradi. Oradan yillar ótib, farzandlari katta bólib, ulǵayadi va ózlari voyaga etgan ona vataniga sodiq farzandlar bōlib kamolga etadi. Ular bolaligidan orzu qilgan maqsadlarini amalga oshirish yólida tóǵilib ósgan qishloǵini chiroyli va obod qilish niyatida mehnat qiladi. Qishloq yigitlarini mehnat qilishga chorlab, tuzli qumlarning kōchishining oldini olib, ularga shom qōyadi. Bolalar shu kabi uchib ketgan qushlarning óz makoniga qaytishiga imkoniyat yaratadi.