{"id":4276,"date":"2024-09-20T07:34:23","date_gmt":"2024-09-20T07:34:23","guid":{"rendered":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/?p=4276"},"modified":"2024-09-20T07:34:34","modified_gmt":"2024-09-20T07:34:34","slug":"%d0%ba%d0%b0%d1%80%d0%b0%d0%ba%d0%b0%d0%bb%d0%bf%d0%b0%d0%ba%d1%88%d0%b0-ozbekiston-respublikasi-prezidentining-02-02-2022-yildagi-pq-112-son-qarori-madaniyat-va-sanat-so","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/archives\/4276","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qarori  \u201cMadaniyat va san\u2019at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201d  \u00a0"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 yildagi PQ-112-son<\/strong> <strong>qarori<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>\u201cMadaniyat va san\u2019at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201d<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko\u2018rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo\u2018lga qo\u2018yish, madaniyat va san\u2019at sohasida iste\u2019dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo\u2018llab-quvvatlash, ta\u2019lim muassasalarini milliy cholg\u2018ular, musiqa darsliklari, notalar to\u2018plamlari va o\u2018quv-metodik adabiyotlar bilan ta\u2019minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022 \u2014 2026-yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasini \u201cInson qadrini ulug\u2018lash va faol mahalla yili\u201dda amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:<\/p>\n<ol>\n<li>2022\/2023 o\u2018quv yilidan boshlab ta\u2019lim muassasalarida o\u2018quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko\u2018nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo\u2018lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste\u2019dodlarni aniqlash va qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilansin:<\/li>\n<li>a) umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalarida:<\/li>\n<\/ol>\n<p>o\u2018quvchilarga mazkur qarorga 1-ilovadagi ro\u2018yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg\u2018ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko\u2018nikmalari o\u2018rgatiladi hamda bu haqda ularning ta\u2019lim to\u2018g\u2018risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi;<\/p>\n<p>musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o\u2018quv soati hamda unga qo\u2018shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg\u2018ularida kuy ijro etish amaliy to\u2018garaklari va fakultativ darslari o\u2018tkaziladi;<\/p>\n<p>mazkur qarorga 1-ilovadagi ro\u2018yxatda keltirilgan milliy cholg\u2018ulardan kamida bittasida, 2023\/2024 o\u2018quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo\u2018lish musiqa fani o\u2018qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi;<\/p>\n<p>musiqa fani uchun ajratilgan o\u2018quv soatlari doirasida \u201cHayotimga hamrohdir cholg\u2018u\u201d shiori ostida cholg\u2018u ijrochiligi dars mashg\u2018ulotlari yo\u2018lga qo\u2018yiladi;<\/p>\n<p>notalar to\u2018plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta\u2019minlash umumta\u2019lim maktablarini darsliklar va o\u2018quv-metodik qo\u2018llanmalar bilan ta\u2019minlash tizimiga kiritiladi;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko\u2018ra milliy musiqa cholg\u2018ularida kuy ijro etish, tasviriy va amaliy san\u2019at, hunarmandchilik yo\u2018nalishlarida amaliy to\u2018garaklar (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 amaliy to\u2018garaklar) tashkil etiladi;<\/p>\n<p>amaliy to\u2018garaklar rahbarlariga \u201cBarkamol avlod\u201d bolalar maktablari to\u2018garak rahbari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari qo\u2018llaniladi;<\/p>\n<p>amaliy to\u2018garaklarni olib borish hisobi \u201cElektron kundalik\u201d dasturi orqali amalga oshiriladi hamda har chorakda to\u2018garak ishtirokchilarining hisobot konsertlari tashkil qilinadi;<\/p>\n<p>musiqa san\u2019ati bo\u2018yicha professional ta\u2019lim hamda oliy ta\u2019lim to\u2018g\u2018risidagi hujjatga ega bo\u2018lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg\u2018ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo\u2018sh vaqtida u erdagi mehnatga haq to\u2018lash shartlarini saqlab qolgan holda o\u2018rindoshlik asosida umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalari musiqa fani o\u2018qituvchisi va musiqa yo\u2018nalishidagi to\u2018garak rahbari lavozimiga to\u2018liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;<\/p>\n<p>musiqa fani o\u2018qituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholg\u2018ularida kuy ijro etishga o\u2018rgatish xalq ta\u2019limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida mashg\u2018ulot olib borish uchun madaniyat va san\u2019at sohasi vakillari shartnoma asosida jalb etiladi;<\/p>\n<ol>\n<li>b) umumiy o\u2018rta, o\u2018rta maxsus, professional va oliy ta\u2019lim muassasalarida:<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2018zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo\u2018limlari tomonidan boshqa madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda lektoriy konsertlarini o\u2018tkazish yo\u2018lga qo\u2018yiladi;<\/p>\n<p>lektoriy konsertlari ta\u2019lim va madaniyat muassasalarida tashkil etiladi hamda o\u2018quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg\u2018ulotlardan iborat bo\u2018ladi;<\/p>\n<p>lektoriy konsertlarining o\u2018tkazilganligi haqida tegishli ta\u2019lim, madaniyat muassasasi, tuman (shahar) hokimligi yoki boshqa mas\u2019ul tashkilot rahbari va O\u2018zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori tomonidan dalolatnoma tuziladi;<\/p>\n<p>lektoriy konsertlarini o\u2018tkazish bilan bog\u2018liq xarajatlar mahalliy budjet mablag\u2018lari (umumiy o\u2018rta, o\u2018rta maxsus va professional ta\u2019lim muassasalarida) va budjetdan tashqari mablag\u2018lar (oliy ta\u2019lim muassasalarida) yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan dalolatnoma asosida moliyalashtiriladi;<\/p>\n<p>Madaniyat vazirligi hay\u2019ati qarori bilan umumiy o\u2018rta, o\u2018rta maxsus, professional va oliy ta\u2019lim muassasalarida madaniyat va san\u2019at sohasidagi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ijodkorlar rahbarligida ularning \u201cmahorat maktablari\u201d tashkil etiladi;<\/p>\n<p>\u201cmahorat maktablari\u201d rahbari bo\u2018lgan ijodkorlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg\u2018armasi (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 Jamg\u2018arma) mablag\u2018lari hisobidan asosiy ish joyi orqali har oyda bazaviy hisoblash miqdorining o\u2018n besh baravari miqdorida qo\u2018shimcha moddiy rag\u2018batlantirib boriladi;<\/p>\n<ol>\n<li>v) umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalari, bolalar musiqa va san\u2019at maktablari, madaniyat markazlari:<\/li>\n<\/ol>\n<p>2022 \u2014 2024-yillarda mazkur qarorga 1a-ilovada belgilangan reja-jadvalga muvofiq 3 tadan milliy musiqa cholg\u2018ulari to\u2018plamlari bilan ta\u2019minlanadi;<\/p>\n<p>milliy musiqa cholg\u2018ulari to\u2018plamlari bilan ta\u2019minlash xarajatlari O\u2018zbekiston Respublikasi respublika budjeti va tegishli mahalliy budjetlardan teng ulushlarda ajratiladigan mablag\u2018lar hisobidan moliyalashtiriladi;<\/p>\n<p>milliy musiqa cholg\u2018ulari to\u2018plamlari Madaniyat vazirligi va Xalq ta\u2019limi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan markazlashgan tartibda xarid qilinadi va tegishli davlat muassasalariga yetkazib beriladi, bunda xarid komissiyasining tarkibiga milliy musiqa cholg\u2018ularida kuy ijro eta oluvchi yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi, cholg\u2018ular ular tomonidan sinab ko\u2018riladi;<\/p>\n<ol>\n<li>g) har yili:<\/li>\n<\/ol>\n<p>o\u2018quvchilar va talabalar o\u2018rtasida mazkur qarorga 2-ilovadagi ro\u2018yxat bo\u2018yicha \u201cta\u2019lim muassasasi \u2014 tuman (shahar) \u2014 viloyat (Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, Toshkent shahri) \u2014 respublika\u201d kesimida madaniyat va san\u2019at sohasidagi respublika ko\u2018rik-tanlovlari tashkil etiladi;<\/p>\n<p>respublika ko\u2018rik tanlovlarining \u201cta\u2019lim muassasasi\u201d bosqichida tegishli ta\u2019lim muassasasi joylashgan mahalladagi yoshlarning faol ishtirokini ta\u2019minlash yoshlar yetakchilari va madaniyat markazlari zimmasiga yuklanadi.<\/p>\n<ol start=\"2\">\n<li>Mazkur qarorning 1-bandida belgilangan tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:<\/li>\n<li>a) Xalq ta\u2019limi vazirligi (B.O. Saidov) 2022-yil 1-iyunga qadar:<\/li>\n<\/ol>\n<p>har bir umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalarida direktor buyrug\u2018i bilan amaliy to\u2018garaklar tashkil etilishini, bu haqida o\u2018qituvchi va o\u2018quvchilarning xabardor qilinishini ta\u2019minlasin;<\/p>\n<p>umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalarida musiqa fani o\u2018qituvchilariga bo\u2018lgan talab va kelgusidagi ehtiyojni muntazam ravishda tahlil qilib borsin, zaruratga ko\u2018ra, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda musiqa fani o\u2018qituvchilarini tayyorlovchi oliy ta\u2019lim muassasalariga buyurtmalar berib borsin;<\/p>\n<ol>\n<li>b) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) ikki oy muddatda:<\/li>\n<\/ol>\n<p>musiqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan lektoriy konsertlarining badiiy dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.N.Sattarov) bilan birgalikda musiqa cholg\u2018ularini ishlab chiqaruvchi mutaxassislarni jalb qilgan holda mazkur qarorga 1-ilovadagi ro\u2018yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg\u2018ularini ishlab chiqarish bo\u2018yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda qabul qilinishini ta\u2019minlasin.<\/p>\n<ol start=\"3\">\n<li>Quyidagilardan iborat 2022-yilda respublika miqyosida o\u2018tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasi (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 2022-yil uchun kalendar reja) tasdiqlansin:<\/li>\n<\/ol>\n<p>2022-yilda O\u2018zbekiston Respublikasida xalqaro va respublika miqyosidagi festivallarni o\u2018tkazish reja-jadvali 3a-ilovaga muvofiq;<\/p>\n<p>2022-yilda Madaniyat vazirligi tomonidan \u201cMadaniyat karvoni\u201d shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini o\u2018tkazish reja-jadvali 3b-ilovaga muvofiq;<\/p>\n<p>2022-yilda O\u2018zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalar tomonidan uning hududiy bo\u2018limlari bilan birga konsert-tomosha tadbirlarini o\u2018tkazish reja-jadvali 3v-ilovaga muvofiq;<\/p>\n<p>2022-yilda O\u2018zbekiston milliy va davlat simfonik orkestrlari, O\u2018zbek milliy maqom san\u2019ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi \u201cMaqom\u201d ansambli va \u201cO\u2018zbek davlat sirki\u201d davlat muassasasi ijodiy (badiiy) jamoalarining hududlarga gastrol safarlarini tashkil etish reja-jadvali 3g-ilovaga muvofiq;<\/p>\n<p>2022-yilda Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari jamoalarining hududlarga gastrol safarlarini tashkil etish reja-jadvali 3d-ilovaga muvofiq;<\/p>\n<p>2022-yilda O\u2018zbekiston milliy simfonik orkestri va O\u2018zbekiston davlat simfonik orkestrining Toshkent shahrida yirik konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish reja-jadvali 3e-ilovaga muvofiq;<\/p>\n<p>2022-yilda respublika miqyosida kasb bayramlarini nishonlash munosabati bilan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari ro\u2018yxati 3j-ilovaga muvofiq;<\/p>\n<p>2022-yilda hududlardagi madaniyat muassasalari tomonidan o\u2018zarolik tamoyili asosida boshqa hududlarga gastrol safarlarini, hududning \u201cmadaniyat kunlari\u201d tadbirlarini tashkil etish reja-jadvali 3z-ilovaga muvofiq.<\/p>\n<ol start=\"4\">\n<li>2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlarning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:<\/li>\n<li>a) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):<\/li>\n<\/ol>\n<p>2022-yil 1-iyunga qadar \u201cMadaniyat karvoni\u201d uchun mo\u2018ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilsin;<\/p>\n<p>vazirlik tizimidagi konsert-tomosha muassasalari, sirk va teatr xodimlari orasidan \u201cMadaniyat karvoni\u201d tarkibiga kiritiladigan ijodkorlar (doimiy a\u2019zolar va muayyan tadbirlarda ishtirok etuvchilar) ro\u2018yxatini shakllantirsin;<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlarni o\u2018tkazish joyi, vaqti, ishtirok etadigan ijodkorlar haqida ommaviy axborot vositalari va axborot tarqatishning boshqa manbalari orqali, shu jumladan tadbir o\u2018tkaziladigan hududlar aholisini kamida ikki oy oldin xabardor qilish tizimini yo\u2018lga qo\u2018ysin;<\/p>\n<ol>\n<li>b) Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:<\/li>\n<\/ol>\n<p>bir oy muddatda o\u2018z hududlarida 2022-yilda o\u2018tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini tasdiqlasin;<\/p>\n<p>2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlarning yuqori saviyada o\u2018tkazilishi uchun zarur tashkiliy masalalarni hal qilsin;<\/p>\n<p>o\u2018zarolik tamoyili asosida o\u2018z hududida faoliyat yuritayotgan madaniyat muassasalari jamoalarining boshqa hududlarga gastrol safarlarini, hududning \u201cmadaniyat kunlari\u201d tadbirlarining samarali tashkil etilishini ta\u2019minlasin;<\/p>\n<ol>\n<li>v) Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduxakimov) 2022-yil uchun kalendar rejaga kiritilgan tadbirlarni mahalliy va xorijiy turistlar orasida keng targ\u2018ib qilish choralarini ko\u2018rsin, turistlar oqimining o\u2018zgarishini inobatga olib kalendar rejaga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish bo\u2018yicha takliflarni doimiy ravishda Madaniyat vazirligiga taqdim etib borsin;<\/li>\n<li>g) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda \u201cMadaniyat karvoni\u201d uchun mo\u2018ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilish uchun Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan qo\u2018shimcha 20 mlrd so\u2018m ajratilishini ta\u2019minlasin.<\/li>\n<li>Barcha davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba budjetdan tashqari mablag\u2018lari hamda kasaba uyushmalari mablag\u2018lari hisobidan o\u2018z xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, konsert, sirk va teatrlarga kirish uchun bilet va abonementlarni xarid qilish amaliyotini joriy etsin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), xo\u2018jalik jamiyatlari muassisi bo\u2018lgan boshqa davlat organlari bir oy muddatda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo\u2018lgan xo\u2018jalik jamiyatlari hamda davlat korxonalarining boshqaruv organlari yig\u2018ilishlarida ushbu tashkilotlar buyurtmasi asosida xodimlar va ularning oila a\u2019zolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini o\u2018tkazish vazifasini biznes-rejaga kiritish bo\u2018yicha tashabbus bilan chiqsin.<\/p>\n<p>Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) hududiy bo\u2018linmalari bilan birgalikda har oyning 25-sanasiga qadar barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari, muassasalari, korxonalari va xo\u2018jalik jamiyatlariga ular joylashgan hududda kelgusi oyda tashkil etiladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari haqida ma\u2019lumot berib borsin.<\/p>\n<ol start=\"6\">\n<li>Belgilansinki, 2022-yildan boshlab madaniyat va san\u2019at sohasini davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlashning quyidagi qo\u2018shimcha choralari joriy etiladi:<\/li>\n<li>a) Madaniyat vazirligi tomonidan \u201cInson qadri uchun\u201d ezgu g\u2018oyasi asosida har yili quyidagilar uchun davlat buyurtmalari beriladi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>teatrlarda sahnalashtiriladigan kamida 40 ta yangi spektaklga;<\/p>\n<p>kompozitorlar va bastakorlarga 40 ta yangi musiqa asarlari, shu jumladan, opera, simfoniya, oratoriya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar, xususan, estrada bo\u2018yicha asarlar yaratishga;<\/p>\n<p>kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo\u2018ljallangan audiovizual asarlar yaratishga (keng ommalashgan 20 ta audiovizual asar ijodkorlari Madaniyat vazirligi hay\u2019atining qarori bilan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi);<\/p>\n<p>kamida 150 ta eng yaxshi milliy qo\u2018shiqlarni karaoke yordamida ijro qilish uchun qayta ishlashga;<\/p>\n<p>atoqli ijodkor-ziyolilar, aholi orasida yuksak hurmatga ega san\u2019at va ijod vakillari tomonidan olis va chekka hududlar aholisi, ushbu hududlardagi ta\u2019lim muassasalari o\u2018quvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar o\u2018tkazishga (bir yillik reja-jadval hamda Madaniyat vazirligi bilan tuziladigan fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida);<\/p>\n<p>ta\u2019lim muassasalari (tanaffus paytida), aeroport, temir yo\u2018l va avtovokzallar, savdo-ko\u2018ngilochar majmualar, madaniyat va istirohat bog\u2018lari, xiyobonlar, mehmonxonalar va boshqa tashkilotlarning lokal tarmoqlari orqali eshittiriladigan va tashrif buyuruvchilarning kayfiyatiga ijobiy ta\u2019sir qiladigan milliy kuylardan iborat musiqiy albomlarni tayyorlash va ommalashtirish ishlariga (mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda);<\/p>\n<ol>\n<li>b) aholi orasida keng ommalashgan Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi\u201d nomli sahifalar tashkil etilib, ular orqali Jamg\u2018arma mablag\u2018lari hamda sahifalarni yuritishdan kelib tushgan mablag\u2018lar hisobidan o\u2018zbek xalqi milliy madaniyatini targ\u2018ib etuvchi quyidagi tanlovlar joriy etiladi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>musiqa cholg\u2018ularida (milliy, opera, simfoniya, oratoriya, estrada, boshqa mumtoz va zamonaviy janrlarda) bajarilgan eng yaxshi 100 ta ijro;<\/p>\n<p>eng yaxshi 100 ta milliy qo\u2018shiq;<\/p>\n<p>eng yaxshi 100 ta milliy musiqiy klip;<\/p>\n<p>karaoke yordamida qo\u2018shiq ijro qilishga mo\u2018ljallangan, eng yaxshi 100 ta musiqiy kompozitsiya (qo\u2018shiq matni bilan);<\/p>\n<p>davlat va xususiy teatrlarda sahnalashtirilgan eng yaxshi 50 ta spektakl.<\/p>\n<p>Bunda, har bir yo\u2018nalish bo\u2018yicha g\u2018oliblar yil davomida joylashtirilgan va har yili 15-dekabr holatiga foydalanuvchilar tomonidan eng ko\u2018p ko\u2018rilgan ijrolar orasidan aniqlanadi hamda Madaniyat vazirligi hay\u2019atining qarori bilan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;<\/p>\n<ol>\n<li>v) yuridik shaxslarning foyda solig\u2018i hamda aylanmadan soliqni hisoblashda soliq solinadigan baza ushbu tashkilot xodimlari va ularning oila a\u2019zolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini o\u2018tkazish, shu jumladan ushbu tadbirlarga kirish uchun biletlar xarid qilishga yo\u2018naltirilgan mablag\u2018lar summasiga kamaytiriladi, bunda mazkur chegiriladigan mablag\u2018lar soliq solinadigan bazaning 2 foizidan oshmasligi lozim;<\/li>\n<li>g) milliy musiqa cholg\u2018u asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo\u2018yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etadigan tashkilotlar uchun aylanmadan soliq va ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi;<\/li>\n<li>d) Madaniyat vazirligiga o\u2018z tizimidagi barcha tashkilotlar uchun budjet tashkilotining rivojlantirish jamg\u2018armasi mablag\u2018larini sarflash nisbatini (moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag\u2018batlantirish tadbirlariga) mustaqil belgilash huquqi beriladi.<\/li>\n<li>Mazkur qarorning 6-bandida belgilangan madaniyat va san\u2019at sohasini davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlashning qo\u2018shimcha choralarini o\u2018z vaqtida va to\u2018liq joriy etish maqsadida:<\/li>\n<li>a) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):<\/li>\n<\/ol>\n<p>yuksak badiiy saviyadagi audiovizual asarlarga davlat buyurtmalarini joylashtirishda ularning milliy adabiyot va she\u2019riyatimizning nodir durdonalari asosida yaratilishi, iste\u2019dodli ijodkorlar tomonidan mahorat bilan badiiy o\u2018qish, monolog va boshqa shakllarda, shuningdek xorijiy tillarda ijro qilinishiga, alohida e\u2019tibor qaratsin;<\/p>\n<p>bir oy muddatda Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi\u201d nomli sahifalarni tashkil etsin, ularni doimiy ravishda keng jamoatchilik orasida ommalashtirish choralarini ko\u2018rsin, sahifalarni tashkil etishda mualliflik huquqlariga rioya qilinishini qat\u2019iy nazorat qilsin;<\/p>\n<ol>\n<li>b) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda tegishli soliq imtiyozlarini joriy etish yuzasidan O\u2018zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish bo\u2018yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/li>\n<li>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoniga asosan Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg\u2018armasi tashkil etilganligi ma\u2019lumot uchun qabul qilinsin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Belgilansinki:<\/p>\n<ol>\n<li>a) Jamg\u2018arma mablag\u2018lari respublika budjetidan ajratiladigan mablag\u2018lar, Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalar foydasining muassisga yo\u2018naltiriladigan qismi hamda qonunchilikda belgilangan yoki taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;<\/li>\n<li>b) quyidagi tadbirlar Jamg\u2018armaga Davlat budjetidan ajratilgan mablag\u2018lar hisobidan moliyalashtiriladi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>\u201cmahorat maktablari\u201d rahbari bo\u2018lgan ijodkorlarni qo\u2018shimcha moddiy rag\u2018batlantirish;<\/p>\n<p>ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasi asosida \u201cMadaniyat karvoni\u201d shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini, O\u2018zbekiston davlat filarmoniyasi, O\u2018zbek milliy maqom san\u2019ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi \u201cMaqom\u201d ansambli, \u201cO\u2018zbek davlat sirki\u201d davlat muassasasi, davlat teatrlari, O\u2018zbekiston milliy simfonik orkestri va O\u2018zbekiston davlat simfonik orkestri tomonidan konsert-tomosha tadbirlarini o\u2018tkazish;<\/p>\n<p>\u201cInson qadri uchun\u201d ezgu g\u2018oyasi asosida Madaniyat vazirligi tomonidan beriladigan davlat buyurtmalarini moliyalashtirish;<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi\u201d nomli sahifalar orqali tashkil etiladigan tanlovlar g\u2018oliblarini taqdirlash;<\/p>\n<p>Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalar tomonidan o\u2018tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining reklamasini tashkil qilish, telekanallardan efir vaqtini sotib olish;<\/p>\n<p>qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.<\/p>\n<ol start=\"9\">\n<li>Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):<\/li>\n<\/ol>\n<p>ushbu qarorda amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamg\u2018armaga 2022-yilda jami 50 mlrd so\u2018m, shundan, 25 mlrd so\u2018mni 2022-yil 1-martga qadar, qolgan 25 mlrd so\u2018mni ajratilgan mablag\u2018larning o\u2018zlashtirilishiga qarab, Madaniyat vazirligining so\u2018roviga asosan ajratsin;<\/p>\n<p>ushbu qaror bilan Madaniyat vazirligiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 2023-yil Davlat budjeti parametrlarida Jamg\u2018armaga 50 mlrd so\u2018m ajratilishini nazarda tutsin.<\/p>\n<ol start=\"10\">\n<li>Madaniyat va san\u2019at sohasidagi ijodkorlarni har yili bir marotaba taqdirlash maqsadida Madaniyat va san\u2019at milliy mukofoti ta\u2019sis etilsin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Madaniyat va san\u2019at milliy mukofoti bilan taqdirlash tartibi to\u2018g\u2018risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/p>\n<ol start=\"11\">\n<li>Belgilansinki, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qo\u2018shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san\u2019at sohasi vakillariga hamda iste\u2019dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo\u2018lmagan miqdorda subsidiya beriladi.<\/li>\n<li>Hududiy madaniyat organlari tuzilmasidagi namunaviy maqom ansambllari negizida amaldagi moliyalashtirish tartibi va shtat birliklari doirasida yuridik shaxs maqomiga ega bo\u2018lgan O\u2018zbek milliy maqom san\u2019ati markazining hududiy bo\u2018limlari tashkil etilsin.<\/li>\n<li>O\u2018zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining \u201cMadaniyat va ma\u2019rifat\u201d telekanali Madaniyat vazirligining Bosh axborot hamkori etib belgilansin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Belgilab qo\u2018yilsinki:<\/p>\n<p>Madaniyat vazirligi tomonidan namoyish etishga tayyor holda taqdim etiladigan materiallar \u201cMadaniyat va ma\u2019rifat\u201d telekanalida tomoshabinlar uchun qulay bo\u2018lgan vaqtlarda bepul efirga uzatiladi;<\/p>\n<p>respublika telekanallaridan tomoshabinlar uchun qulay bo\u2018lgan efir vaqtlari Madaniyat vazirligi tomonidan sotib olinadi va ushbu vaqtda vazirlik taqdim etgan materiallar efirga uzatiladi;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarda har haftada aniq bir vaqtda Madaniyat vazirligi uchun efir vaqti ajratiladi;<\/p>\n<p>telekanallar faoliyatiga taalluqli tegishli litsenziya talablari va shartlariga milliy madaniyatimiz durdonalarini, shu jumladan milliy cholg\u2018ularda asarlar ijro etilishini efirga berish talablari kiritiladi.<\/p>\n<p>Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) bir oy muddatda telekanallar faoliyatini litsenziyalash bo\u2018yicha qonunchilikka o\u2018zgartirish kiritish bo\u2018yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/p>\n<ol start=\"14\">\n<li>Quyidagilar:<\/li>\n<\/ol>\n<p>2022-2023-yillarda O\u2018zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo\u2018yicha \u201cyo\u2018l xaritasi\u201d 4-ilovaga muvofiq;<\/p>\n<p>Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan davlat teatrlari va \u201cO\u2018zbek davlat sirki\u201d davlat muassasasini avtobus va yuk transport vositalari bilan ta\u2019minlash rejasi 5-ilovaga muvofiq;<\/p>\n<p>Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan tuman (shahar) madaniyat bo\u2018limlarini maxsus avtotransport vositasi bilan ta\u2019minlash rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/p>\n<p>Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu bandda tasdiqlangan \u201cyo\u2018l xaritasi\u201d va rejalarda belgilangan vazifalarning o\u2018z vaqtida va to\u2018liq bajarilishini ta\u2019minlash uchun shaxsan mas\u2019ul ekanligi belgilansin.<\/p>\n<ol start=\"15\">\n<li>Moliya vazirligi 2022-yil olti oylik yakuni bo\u2018yicha Davlat budjeti xarajatlarini maqbullashtirish hisobiga ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbasi yuzasidan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin, 2023-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda zarur mablag\u2018lar nazarda tutilishini ta\u2019minlasin.<\/li>\n<li>Muassasa va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro\u2018yxatlar bo\u2018yicha o\u2018zlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yoki ta\u2019minlash maqsadida xorijdan import qilib olib kelinadigan, O\u2018zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan musiqa cholg\u2018ulari, ovoz kuchaytirgich moslamalar, texnik jihozlar, chiroqlar, maxsus libos va oyoq kiyimlar, \u201cMadaniyat karvoni\u201d uchun mo\u2018ljallangan maxsus avtotransport vositalari, ularga o\u2018rnatiladigan musiqa texnikasi va sahnalar 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.<\/li>\n<li>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining va O\u2018zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritilsin.<\/li>\n<li>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining va O\u2018zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 8-ilovaga muvofiq o\u2018z kuchini yo\u2018qotgan deb hisoblansin.<\/li>\n<li>Madaniyat vazirligi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:<\/li>\n<\/ol>\n<p>qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar to\u2018g\u2018risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;<\/p>\n<p>o\u2018zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.<\/p>\n<ol start=\"20\">\n<li>Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas\u2019ul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas\u2019ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari A.A. Abduxakimov va O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o\u2018rinbosari A.A. Jo\u2018raboyev zimmasiga yuklansin.<\/p>\n<p>Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berilsin.<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV<\/strong><\/p>\n<p><strong>Toshkent sh.,<\/strong><\/p>\n<p><strong>2022-yil 2-fevral,<\/strong><\/p>\n<p><strong>PQ-112-son<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qarori \u201cMadaniyat va san\u2019at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201d \u00a0 Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko\u2018rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo\u2018lga qo\u2018yish, madaniyat va san\u2019at sohasida iste\u2019dodli yosh ijodkorlarni\u2026 <span class=\"read-more\"><a href=\"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/archives\/4276\">Read More &raquo;<\/a><\/span><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1,16],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4276"}],"collection":[{"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4276"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4276\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4277,"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4276\/revisions\/4277"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4276"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4276"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kukla-teatr.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4276"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}