O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.11.2018 yildagi PQ-4038-son Кучга кириш санаси

By | Juma Dekabr 20th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.11.2018 yildagi PQ-4038-son

Кучга кириш санаси

29.11.2018

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil etildi.

O‘zbek mumtoz va folklor san’atining noyob namunalarini, o‘ziga xos ijro maktablari va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish tizimi yaratildi. O‘zbek milliy maqom san’ati markazi va muzeyi tashkil etildi. Har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumani hamda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining o‘tkazilishi noyob merosimizning nufuzini jahon miqyosida oshirish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Ayni paytda, milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli kamchiliklar mavjud. Jumladan:

birinchidan, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va san’at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagan;

ikkinchidan, yosh ijodkorlarga ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish, aholining o‘sib borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish va madaniy xizmatlar sifatini keskin oshirish imkonini bermayapti;

uchinchidan, aksariyat madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablari va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, bu esa ularning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun imkon bermayapti;

to‘rtinchidan, zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o‘rin egallamagani, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘liq joriy etilmagani sohani keng tadqiq va targ‘ib etish, xalqaro madaniy jarayonlarga talab darajasida integratsiya qilishga yo‘l bermayapti;

beshinchidan, madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda ijodkorlarimizning ishtirokini izchil ta’minlash va ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning samarali tizimi yaratilmagani, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagani ham soha rivojiga to‘sqinlik qilmoqda.

Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash hamda jahon madaniyati bilan uyg‘un holda rivojlantirish, milliy madaniyatni keng targ‘ib etish, uning xalqaro madaniy makonda tutgan o‘rni va mavqeyini yanada mustahkamlash maqsadida:

  1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) 1-ilovaga;

2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;

2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar dasturlari) 2.1 — 2.14-ilovalariga muvofiq tasdiqlansin.

 

Гулжамал Кудайбергенова, [Пт 20.09.24 11:32]

Belgilansinki, 2021-yil va undan keyingi yillar uchun Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” va Chora-tadbirlar dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani, ushbu sohadagi institutsional tizimni va madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish;

tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qo‘llash;

milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, etnik madaniy an’analarni asrab-avaylash va shu asosda xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash;

aholi, jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish;

madaniyat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, madaniyatni yanada keng tadqiq va targ‘ib etishda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalardan samarali foydalanish;

fuqarolarning, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda faol ishtirok etishi va madaniy xizmatlardan foydalanishda ijtimoiy tengligini ta’minlash;

madaniy sohada o‘zaro samarali xalqaro munosabatlarni tashkil etish va rivojlantirish, milliy madaniyatga jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida qarash, bu borada teng huquqlilik va inson huquqlarini hurmat qilishga alohida e’tibor qaratish;

qabul qilinayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniyat sohasiga oid qarorlarning ushbu sohadagi yagona davlat siyosatiga mosligini ta’minlash;

madaniyat va san’at muassasalarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, ularning moddiy resurs bazasini yanada mustahkamlash, obyektlarni saqlash hamda muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etilsin.

Quyidagilar madaniyat markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta’minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an’analarni o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;

xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish;

bolalarni to‘garaklarga jalb etish, xorijiy tillarni o‘rganish va “nutq madaniyati” bo‘yicha kurslarni tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yo‘nalishlari, havaskorlik san’ati va nomoddiy madaniy merosni keng targ‘ib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish;

adabiyot hamda san’at arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini o‘tkazish;

tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san’atining tuman (shahar) miqyosidagi festivallarini o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;

ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ularga pulli xizmatlar ko‘rsatish.

  1. Quyidagilar:

2019-2020-yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 3-ilovaga;

2019 — 2022-yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

Гулжамал Кудайбергенова, [Пт 20.09.24 11:32]

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga, zarur hollarda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda 2019 — 2022-yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.

(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir oy muddatda madaniyat markazlari faoliyatini, jumladan, madaniyat markazlarini yangi qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish, shuningdek samarasiz faoliyat yuritayotgan madaniyat markazlarini maqbullashtirish to‘g‘risida Hukumat qarorini qabul qilsin;

2019-yilning 1-fevraliga qadar madaniyat markazlari to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari hamda badiiy va to‘garak rahbarlarini ularning mehnat faoliyati natijasi asosida rag‘batlantirish tartibini tasdiqlasin.

  1. Quyidagilar mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturi doirasida markazlashtirilgan manbalar hamda respublika budjeti mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yilning 1-iyuniga qadar jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi va to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi “Madaniyat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin:

madaniyat sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari, ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakolatlari;

madaniyat sohasida fuqarolar, millat va elatlarning huquq hamda erkinliklari;

madaniy obyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartiblari, shuningdek ularni moliyalashtirish va boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari;

ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, madaniyat sohasidagi xodimlarning ijtimoiy himoyasi;

madaniy almashuv, xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, madaniyat obyektlari va san’at asarlarini ommalashtirish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlarini an’anaviy ravishda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

Belgilansinki:

  1. a) ushbu respublika ko‘rik-tanlovlari:

“Xalq cholg‘ulari ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019-yilning iyun oyida;

 

Гулжамал Кудайбергенова, [Пт 20.09.24 11:32]

Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019-yilning oktyabr oyida;

Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2020-yilning aprel oyida o‘tkaziladi;

  1. b) ushbu respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarining bir nafardan yakka ijrochilari tegishli yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichiga qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda ushbu respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish tartiblarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining har yili 21 — 27-mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni va uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, teatr rassomlarining ko‘rgazmalari, teatr liboslari va dekoratsiyalari namoyishlarini tashkil qilish, tomoshabinlar bilan ijodkorlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazish hamda aholining shu kunlari davlat teatrlariga bepul kirishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:

davlatlararo qo‘shma loyiha doirasida Buyuk ipak yo‘lining mamlakatimizdan o‘tgan qismini “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yo‘li: Farg‘ona — Sirdaryo havzasi” nomi ostida YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga;

o‘zbek xalqining ko‘hna va betakror san’ati namunasi bo‘lgan Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi — Lazgi” nomi ostida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (B.S. Sayfullayev):

yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlari loyihalarining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasiga belgilangan tartibda kiritsin;

yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati parametrlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin;

mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni aniq mezon va natijalarni ko‘rsatgan holda muntazam ravishda tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borilishi choralarini ko‘rsin, zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari va ilmiy doiralarni milliy madaniyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilishga jalb etsin;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan rivojlantirish davlat dasturiga kiritilgan madaniyat markazlarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash, shu jumladan, ularni jihozlash uchun imtiyozli shartlar asosidagi xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish choralarini ko‘rsin;

(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

“Yo‘l xaritasi”, Chora-tadbirlar dasturi va Dasturning bajarilishi yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlarni taqdim etib borsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:

kirish va ichki turizmni rivojlantirish dasturlari doirasida yurtimizda o‘tkaziladigan madaniyat sohasidagi tadbirlar hamda madaniyat markazlari tomonidan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun tashkil etiladigan madaniy tadbirlar ro‘yxatini har yili 15-dekabrga qadar shakllantirsin;

 

Гулжамал Кудайбергенова, [Пт 20.09.24 11:32]

mazkur tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy ommaviy axborot vositalarida aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida targ‘ib qilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripovga — “Yo‘l xaritasi”, Chora-tadbirlar dasturlari va Dasturni amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatilishi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari F.Sh. Mahmudovga — Konsepsiyada nazarda tutilgan vazifalarning bosqichma-bosqich to‘liq amalga oshirilishi, 2021-yil va undan keyingi yillar uchun nazarda tutilgan “Yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini tashkillashtirish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — “Yo‘l xaritasi”, tegishli Chora-tadbirlar dasturi va Dasturda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini to‘g‘ri tashkillashtirilishi hamda chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi;

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilovga — O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillari orqali yurtimizda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlarni xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish, chet el mamlakatlari bilan madaniy hamkorlikni yanada jadallashtirish, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xorijiy sayyohlarni madaniy tadbirlarga jalb qilish choralarini ko‘rishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini yoritib borish tavsiya etilsin.

(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
  2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 28-noyabr,

PQ-4038-son