Bugun Qoraqalpoq davlat qóǵirchoq teatrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiyotiga oid asar M.Begimovning saxnalashtiruvida sahna yuzini kórgan “Chin yurtini dunyoga mashhur qilgan gózal haqida sóz” spektakli 9-fevral – Alisher Navoiy tavallud kuniga baǵishlanib, teatrga tashrif buyurgan tomoshabinlarning e’tiboriga bepul namoyish etildi. Buyuk alloma Alisher Navoiy asarlaridan birida nomoyon etilgan Chin yurtini zavt etgan gózallik ushbu spektaklda qóǵirchoqlar siymosida tomoshobinlarga taqdim etildi. Spektaklda Chin yurti gózalini bir kórganda oshiq bólgan sonsiz yigitlarni Podshox jallodga topshirar edi. Kunlarning birida gózalligi donǵi ketgan qiz haqida Darvesh usta yigitga sózlab beradi va usta yigit malikani izlab yólga chiqadi. Qiz va yigit bir kórishtan bir-biriga oshiq bólib, usta yigitham Podshohning qóliga tushib, yigitga minora qurdiradi. Ikki oshiq bir-biriga etishish maqsadida qushga aylanib uchib ketadi. Ushbu minora hali-xanuzgacha muhabbat ramzi sifatida saqlanib Chin gózali tillarda doston bólib kelmoqda.