Qoraqalpoǵiston Respublikasi Axborot kutubxona markazida joriy yilning sentyabr oyida “Asqar tawlar, shalqar dala jırshısı” atamasida Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligiga baǵishlangan ijodiy kecha ótkazildi. Kechada Qoraqalpoq davlat qóǵirchoq teatri sahnalashtiruvchi rejissyori M.Begimov, Ózbekiston va Qoraqalpoǵiston Yozuvchilar Ittifoqi a’zosi, Qirǵiziston Respublikasi qirǵiz baxshi yozuvchilari jamoat fondi a’zosi, yosh shoir, I.Yusupov nomidagi ijod maktabining óqituvchisi Baxtli Saribaev, I.Yusupov nomli ijod maktabining óquvchilari va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institute talabalari ishtirok etdi. Kecha ishtirokchilari qatorida sózga chiqqan M. Begimov qirǵiz va rus adabiyotining buyuk vakili Chingiz Aytmatovning “Alvido, Gulsari”, “Oq kema”, “Sohil bóylab chopayotgan olapar”, “Asrga tatigulik kun” kabi asarlarining muallifi ekanligini va mazkur asarlar noyob qólyozmalar sifatida tilga olinishini atab ótdi. Ijod maktabi óquvchilari tomonidan yozuvchi ijodiga oid asarlardan chiroyli ba’diy nutq va mahoratli tarzdaijro etilgan sahna kórinishlari bilan kecha mazmunli yakunlandi.