Joriy yilning 5-iyul sanasida Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi PQ 112–sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpoq davlat qóǵirchoq teatriga Andijon viloyati qóǵirchoq teatri tashrif buyurdi va ikkala teatr ijodkorlari qóǵirchoq teatr sa’nati va madaniyati hususida davra suhbatini tashkil qilib, bu sohadagi yangiliklar va erishilgan yutuqlar haqida fikr almashdi. Andijon viloyat qóǵirchoq teatri ijodiy jamoasi Nukus shahridagi “Murruvat” imkoniyati cheklangan xotin-qizlari internat uyiga va bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurib, “Badjahl quyoncha” spektaklini namoyish etdi va teatr ixlosmanlarining maqtovli olqishlariga sazovar bólishdi. Gastrol davomida Andijon viloyat qóǵirchoq teatri jamoasi Qoraqalpoǵiston Respublikasi I.V.Savickiy nomidagi sa’nat muzeyida bólib, muzey eksponatlari va qoraqalpoq madaniyatini aks ettiruvchi tarixiy sa’nat asarlari bilan yaqindan tanishdi.