Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qōshimcha chora-tadbirlar tōǵrisida”gi 112-sonli qaroriga muvofiq Ōzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari jamoalarining hududlarga gastrol safarini tashkil etish borasidagi topshiriqlarini bajarish maqsadida Qoraqalpoq davlat qōǵirchoq teatr jamoasi Buxoro viloyatidagi gastrol safarlarini davom ettirgan holda 21-sentyabr kuni Romiton tumanida joylashgan 2,4,9,12-sonli ōrta ta’lim maktablariga tashrif buyurishdi va tomoshabinlar e’tiboriga I.Djumaniyazova muallifligidagi “Sehrlangan saroy malikasi” va N.V.Gernet muallifligidagi E.Begimova tomonidan sahnalashtirilgan “Ǵozning polaponi” spektakllarini namoyish etib, tuman aholisining munosib olqishlariga sazovar bōlishga erishdi.